Pedagogik amaliyot ta’lim turlari uchun yuqori malakali pedagog kadrlar tayyorlash ishining ajralmas qismi bo‘lib, talabalarning kasbiy ko‘nikma va malakalarini rivojlantiruvchi pedagogic jarayondir. Pedagogik amaliyot o‘quv jarayonining bevosita ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan tarkibiy qismi bo‘lib barcha talabalar  dasturda belgilangan tartibda topshiriqlarni bajarishlari va hisobotlarni himoya  qilishlari shart. Pedagogik amaliyotning  asosiy maqsadi pedagogika sohasining o‘ziga xos murakkab qirralari bilan ta’lim muassasalaridagi ta’lim-tarbiya jarayonining hozirgi zamonaviy holatda ilgor pedagogik tajribalar bilan tanishishdir.

         Talabalarning tegishli ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha olingan nazariy va amaliy bilimlarni amalga tadbiq qilish, amaliy ko’nikmalar hosil qilish bilan bir qatorda uslubiy materiallarni tayyorlashni o’rgatish malakaviy pedagogik amaliyotning  vazifalari qatoriga kiradi.

     Pedagogik amaliyot umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘tkaziladi.

Pedagogik amaliyotning mazmuni

         O‘quv ishlari: Umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘quv jarayonini tashkil etish va nazorat qilish bo‘yicha me’yoriy (Davlat ta’lim  standartlari, o‘quv rejalari, fan bo‘yicha o‘quv dasturlari va h.k.) hujjatlar va bu bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar, fan o‘qituvchilarining taqvimiy ish rejalari, dars va darsdan tashqari o‘tkaziladigan o‘quv mashg‘ulotlari rejasi va konspektlari, sinf jurnali, o‘quvchilar bilimini baholash mezonlari hamda ta’lim jarayonining boshqa ishchi hujjatlari bilan tanishish. Amaliyotga biriktirilgan o‘qituvchi va boshqa tajribali o‘qituvchilarning darslari va darsdan tashqari o‘quv-uslubiy tadbirlar bo‘yicha ishlab chiqqan rejalari bilan tanishish. Mustaqil ravishda fan o‘qituvchisi  nazoratida o‘tiladigan darslarga va baholanadigan (sinov) darslariga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tish.  Darsdan   tashqari  mashg‘ulotlar (fakultativ darslar, qo‘shimcha  dars, to‘garak va h.k.) va o‘quv-uslubiy tadbirlarni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish.

         Ma’naviy-ma’rifiy ishlar: umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida sinf rahbarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasi bilan hamda bu bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar bilan tanishish. Ta’lim muassasasi ma’muriyati va sinf rahbari tomonidan tashkil  qilinayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazishda faol ishtirok etish. Ma’naviyat soatlarini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish. Sinf rahbarining ish rejasida belgilangan tadbirlarni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish. Alohida tanlangan o‘quvchining ruhiy holatlarini o‘rganish va tahlil qilish, bu bo‘yicha pedagogik-psixologik ma’lumotlarni jamlab borish, tahlil qilish va tavsifnoma tayyorlash.

         Hisobot tayyorlash: amaliyot davomida reja bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, duch kelingan qiyinchilik va muammolar hamda ularni bartaraf etish uchun ko‘rilgan choralar, amaliyot jarayoni bo‘yicha kundalikda kayd etib borilgan fikr-mulohazalar asosida hisobot tayyorlash. Hisobot himoyasiga tayyorgarlik ko‘rish (taqdimot tayyorlash).

Pedagogik amaliyot bosqichlari

1.       Tayyorlov bosqichi: Pedagogk amaliyotga tayyorgarlik ko’rish (amaliyot oldidan): fanni o‘kitish uslubi, pedagogika va psixologiya hamda kasbiy fanlar bo‘yicha bilimlarni takrorlash, amaliyot dasturi bilan tanishish, mas’ul uslubchi  o‘qituvchilardan kerakli maslahatlarni olish, amaliyot oldi konferensiyaga  qatnashish hamda qabul qiluvchi muassasassining  tuzilishi, faoliyat yo’nalishlari, ya’ni ta’lim muassasasining joylashishi, tuzilmasi, hayoti, muhiti, rahbariyati va jamoasi, o‘qituvchilari va sinf rahbari bilan tanishish. Rahbariyat, biriktirilgan fan o‘qituvchisi va sinf rahbarini ish rejasi, fan bo‘yicha kalendar reja, sinf jurnali va boshqa me’yoriy hujjatlar hamda sinf o‘quvchilari bilan tanishish.

2.       Asosiy bosqich: Asosiy bosqich ikkiga bo’linadi. Passiv (kuzatish, ish o‘rganish)  amaliyoti fan o‘qituvchisi va boshqa tajribali o‘qituvchilar darslariga va darsdan tashqari mashg‘ulotlariga qatnashish hamda tahlil  qilish, fan o‘qituvchisi yordamida va nazoratida o‘tiladigan tajriba darslari va darsdan tashqari o‘quv mashg‘ulotlari hamda tarbiyaviy tadbirga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tish. Biriktirilgan sinf va aloxida tanlagan o‘quvchi ustida pedagogik va psixologik kuzatishlar bo‘yicha ma’lumotlar  to‘plash va tahlil qilish.

Faol amaliyot: biriktirilgan fan  o‘qituvchisi va uslubchining nazoratida o‘tiladigan dars va darsdan tashqari o‘quv-tarbiyaviy tadbirlarni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tish, sinov darslariga va darsdan tashqari mashg‘ulot hamda tarbiyaviy tadbirlarga mustaqil tayyorgarlik ko‘rish va o‘tish, boshqa amaliyotchi talabalar darslariga qatnashish va tahlil qilish, pedagogik va psixologik kuzatishlar bo‘yicha ma’lumotlar to‘plash va tahlil qilish, hisobot hujjatlarini tayyorlab berish.

3.      Yakuniy bosqich: amaliyotni yakunlash: pedagogik amaliyot  hisobotini tayyorlash, hisobotga  qo‘shib topshiriladigan hujjatlarni tayyorlash. Umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari pedagogik kengashlarida amaliyot natijalari bo‘yicha hisobot berish. Fakultetda pedagogik amaliyotga bag‘ishlangan yakuniy konferensiyaga qatnashish. Kafedra majlislarida hisobotni taqdimot shaklida himoya qilish. (Ta’lim muassasasi rahbari ishtirokida)